Toshkent shahar, Sergeli tumani, Mirzo Tursunzoda - Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida 2-iyun kuni soat 23:50 larda Damas va skuter to‘qnashdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa oqibatida Skuter haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.