Toshkent shahar Sergeli tumanida 30-mart kuni soat 10:00 dan soat 15:00 gacha elektr vaqtincha o‘chiriladi.
Bunga 35/6 kV kuchlanishli “Sergeli-35” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.
Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida qisqa muddatli elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatiladi.
- Ushbu hududlar: “Xontepa”, “Xonobodtepa”, “Sultonobod”, “Nomdanak”, «Eski Jaloir», “Qumariq” hamda «Ko‘hna Qumariq» MFYlarining ayrim hududlari.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.