Toshkent shahrining Sergeli tumani, “Nomdanak” MFY, Nomdanak ko‘chasida gaz ta‘minoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga ko‘chadagi yer usti o‘rta bosimli gaz quvuriga avtotransport vositasi tegib shikast yetkazishi sabab bo‘lgan.
Natijada 54 ta xonadonda tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha o‘chirildi.
Avariya holatini bartaraf etish ishlari yakunlangandan so‘ng iste‘molchilar oldindan ogohlantirilgan holda gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.