Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Endi bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan xorijiy til sertifikati so‘ralmaydi

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

Prezident farmoni bilan, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

Respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga muayyan o‘quv yili uchun ajratilgan grant kvotalarining to‘lmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha bo‘lgan iqtidorli chet el fuqarolariga oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun grant berishni nazarda tutuvchi “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.

2026/2027-o‘quv yilidan oliy taʼlim tashkilotlariga xorijiy talabalarni qabul qilishning amaldagi tartibiga qo‘shimcha tariqasida Study in Uzbekistan platformasi orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

2026/2027-o‘quv yilidan taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling