Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “F.Z.B.” MChJga tegishli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani ma‘lum bo‘ldi.
Qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1 mlrd 561 mln so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan.