Jizzaxda oshxona 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Korxona gaz tarmog‘iga shartnomasiz va o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Jizzax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

"G. T." MChJga qarashli oshxona gaz tarmog‘iga shartnomasiz va o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta‘minoti korxonasiga 2 mlrd 99 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgani ma‘lum qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling