Toshkentning uchta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 13-may kuni Toshkent shahrining uchta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Mirzo ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Zakovat” MFY ;

Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Xadra” MFY;

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Junariq” MFY.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling