Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ta‘mirlash ishlari sabab ayrim mahallalarda bir necha soatga tabiiy gaz ta‘minoti to‘xtatiladi.

27-iyul kuni Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklovlar ta‘mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

Shayxontohur tumanidagi “Beltepa”, "Yangi Beltepa", "Ibn Sino", “Shodlik”, "Ming Terak", “O‘zbekiston”, "Katta Jarariq", "Yangi Jarariq", "Eski Jarariq", “Ipakchi” va “Zafarobod” mahallalarida gaz ta‘minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi.

Uchtepa tumanidagi “Foziltepa” mahallasida esa tabiiy gaz soat 11:00 dan 17:00 gacha o‘chiriladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling