Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli Shayxontohur va Yangihayot tumanlarida gaz ta‘minoti 20-noyabr kuni vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Shayxontohur tumani: “Zafarobod”, “Yangi Kamolon” MFYlari;
  • Yangihayot tumani: “Yangi Darxon” MFY (soat 10:00 dan 18:00 gacha).

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling