Jizzax shahrida 7-dekabr kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida voyaga yetmagan piyoda og‘ir tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Jarohatlangan qiz shifoxonaga yotqizilgan, biroq 20-dekabr kuni vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi natijasida sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi qonunga muvofiq tartibda ushlangan.
Ayni vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.