Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Mo‘min Amonovni Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori o‘qib eshittirildi.
M. Amonov 1988-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Ayni paytga qadar u Buxoro shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.