O‘zbekiston MTJ hujumchisi Eldor Shomurodov JCH-2026 doirasidagi Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Turkiya klubi hujumchisi hammaning kayfiyati a‘lo darajada ekanini aytdi.
"Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yo‘q. Barcha futbolchilarimiz ushbu o‘yinni intiqlik bilan kutyapti", – dedi u.
Shomurodov uzoq kutilgan Jahon chempionati terma jamoa sardori sifatida qatnashish o‘zi uchun katta g‘ururligini taʼkilladi.
"Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qo‘llab-quvvatlashini so‘rab qolaman. Bizda bosim yo‘q, ertaga biz jamoamiz bilan birgalikda to‘liq tayyor bo‘lamiz", – dedi hujumchi.