Shvetsiya 20 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Ikki tomonlama fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari kelishib olindi.

Shvetsiyadan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari charter reysi bilan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ularning O‘zbekistonga qaytishi ikki davlat vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasi bo‘ldi, deyiladi xabarda. 

Ikki tomonlama fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni taʼminlash masalalari kelishib olindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling