Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi

Vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.

Elchi mamlakatda besh yil davomida diplomatik faoliyatini olib bordi.

Vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

"Unga O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz", – deb yozdi Baxtiyor Saidov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling