Shveysariyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Gigerdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi hamda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Saidov elchiga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, O‘zbekiston−Shveysariya munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan sa‘y-harakatlar qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.