Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

U bunga qadar IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Tayinlov ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan amalga oshirildi. Bungacha Mirzaraimov IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlov xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida e‘lon 

qilindi. Unda hududdagi kriminogen vaziyat va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi.

Yangi rahbarga hududda jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni ta‘minlash, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling