Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

U ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida MCHJ foydasiga hal qilmoqchi bo‘lgan.

Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi 3 600 dollar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi

Sudya E. S. o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ foydasiga hal qilmoqchi bo‘lgan.

Taʼkidlanishicha, Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha ishlar amalga oshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling