Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YPX xabar berdi.
Hodisa 9-avgust kuni soat 10:30 larda Xovos tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining Toshkent−Dushanbe yo‘nalishi 125-kilometrida sodir bo‘lgan.
Qayrilib olish qismida “Chakman” rusumli yuk mashinasi qayrilib olayotgan vaqtda u bilan bir yo‘nalishda yo‘lning chap bo‘lagi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Captiva avtomobili unga urilgan.
YTH oqibatida Captiva haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.