Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb masalalarga toʻxtaldi. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, budjet tushumlarini taʼminlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi oʻrinlarda ekanligi qayd etildi.
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Doʻstbekov yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi. Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Zaynilobiddin Nizomiddinov nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.