Farg‘ona viloyatida soxta ma‘lumotlar asosida 12,9 mlrd so‘m subsidiya ajratilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Issiqlik ta‘minoti MChJ mansabdor shaxslari 2024–2025-yillar hamda 2026-yilning yanvar—may oylarida aholiga amalda 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazilgan bo‘lsa-da, hujjatlarda bu ko‘rsatkichni 212,3 ming Gkal deb ko‘rsatgani aniqlangan.
Natijada viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan soxta ma‘lumotlar asosida budjetdan 12,9 mlrd so‘m ortiqcha subsidiya ajratilishiga erishilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.