Hukumat qarori bilan, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Ilhomjon Tursunaliyev O‘zbekiston davlat sport akedemiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Ilhomjon Tursunaliyev 1971-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan.1996-yil Farg‘ona davlat universitetini jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2006-2015-yillarda Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2015-yildan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.
Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan respublika va xorijiy ilmiy jurnal hamda to‘plamlarida 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek 20 ga yaqin darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.