Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sultoniya” ko‘chasida qurilish taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bois 12-yanvargacha avtomashinalar harakati cheklanadi.
Shuningdek, “Sultoniya” ko‘chasiga tutash hududdagi “Sho‘rtepa”, "Sho‘rtepa 1-tor" va "Sultoniya 5-tor" ko‘chalarida ham mashinalar harakati qisman cheklanadi.
Ushbu hududda yashovchi fuqarolar "Buyuk ipak yo‘li" ko‘chasidan harakatlanishi mumkin.