Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
25-iyul kuni tumanda yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i 1993-yilda tug‘ilgan Ch.B. voyaga yetmagan qizini qiynagani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video 2025-yil 30-dekabr kuni tasvirga olingan. Unda erkakning o‘z qiziga nisbatan zo‘ravonlik va nomaqbul harakatlar sodir etgani aks etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.