Janubiy Fargʼona kanali qirgʼoqlarining biriga shikast yetdi

Natijada ma‘lum miqdorda suv sizib chiqqan.

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani, “Sarvontepa” MFY hududidan oqib oʼtuvchi Janubiy Fargʼona kanali qirgʼoqlarining biriga shikast yetdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada ma‘lum miqdorda suv sizib chiqqan.

Ushbu maʼlumot olinishi bilan viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.

Hozirda kerakli bo‘lgan barcha kuch va vositalar sodir bo‘lgan hodisani bartaraf etish uchun jalb etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling