Toshkent shahrining Lutfiy ko‘chasi kesishmasidan Asrlar saʼdosi ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi. Bunga poytaxt YHTEM xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bunga Kichik halqa avtomobil yo‘lida frezalash, asfaltlash hamda quvur yotqizish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Cheklov 28-mart soat 08:00 dan 31-mart soat 06:00 gacha KHAYning bir tomonlama (Chilonzor tumani) qismida amal qiladi.
Mazkur davrda ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovi yo‘lga qo‘yilgan avtobuslar va boshqa transport vositalari harakati ilova qilingan rasmlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.