Toshkentda taroveh namozi o‘qilishi sabab masjidlar yaqinidagi ayrim yo‘llar avtomashinalar harakati uchun cheklanadi

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Toshkentda Taroveh namozi o‘qiladigan masjidlar yaqinidagi yo‘llar 18-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

Tepa masjidi - Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani bo‘yicha:

Alibek masjidi - M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

Islomota masjidi - Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.

Ali ibn Abu Tolib masjidi - Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani bo‘yicha:

Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi - Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;

Qo‘yliq ota masjidi - TXAY - Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani bo‘yicha:

Maʼruf ota masjidi - Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;

No‘g‘ay qo‘rg‘on masjidi - Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan - S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

Usmon bin Maʼzum masjidi - KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;

Yakkasaroy masjidi - Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ubo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;

Rakat masjidi - J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani bo‘yicha:

Niyozmat ota masjidi - TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi - Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza - Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;

Kamolon masjidi - Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani bo‘yicha:

Hazrati imom masjidi - Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy - A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;

Islomobod masjidi - KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;

Do‘stjonboy (Sulola) masjidi - Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

Mirza Yusuf masjidi - Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi - Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;

Xazrati Ali masjidi - Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

Novza masjidi - Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi;

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi - Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galliota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;

Ubay ibn Kaʼf (Bo‘rijar) masjidi - Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling