Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha tegishli nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini baholash maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi.
Tashqi diagnostika har o‘quv yilida bir marta pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari o‘rtasida test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi.
Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni tashkil etadi.
Tashqi diagnostikadan o‘tkazish uchun har o‘quv yilining sentabr oyida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuziladi:
Tashqi diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘rtacha 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan taʼlim yo‘nalishlari “talablarga javob beradigan”, 56 balldan past natija ko‘rsatgan yo‘nalishlar esa “talablarga javob bermaydigan” deb baholanadi.
Mazkur diagnostika natijalari talabalarning joriy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va reyting ballariga taʼsir qilmaydi hamda pedagog kadrlar tayyorlash sifati holatini tahlil qilishga xizmat qiladi.