Qishki ta'til uzaytirilgani munosabati bilan Toshkentdan Urganch va Termizga qo'shimcha qatnovlar amalga oshiriladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qatnovlarning harakat jadvali haqida ma’lumot berdi

Foto: Tez News

Foto: Tez News

Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent shahridan Urganch va Termizga qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent—Termiz—Toshkent yo‘nalishiga qo‘shimcha qatnovlarning harakat jadvali quyidagicha:

2023-yilning 16 va 18-yanvar kunlari 158-sonli Toshkent—Termiz yo‘nalishi:

  • Toshkent 21:42 — Termiz 11:41;

2023-yilning 17 va 19-yanvar kunlari 157-sonli Termiz—Toshkent yo‘nalishi:

  • Termiz 15:10 — Toshkent 05:42.

Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishidagi qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

2023-yilning 17 va 20-yanvar kunlari 156-sonli Toshkent—Urganch yo‘nalishi:

  • Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;

2023-yilning 17 va 20-yanvar kunlari 155-sonli Urganch—Toshkent yo‘nalishi:

  • Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling