Foto: Open source
Uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan Toshkentda jamoat transportida yoʻl haqining moslashuv tariflarini joriy etish tizimi 1-apreldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bunday koʻrsatma Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan.
Poytaxt hokimligi belgilangan muddatda yangi ishlab chiqilgan tariflarni jamoatchilik muhokamasini oʻtkazib, xalq deputatlari shahar kengashida koʻrib chiqadi. Keyinchalik yangi tizim respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
Moslashuvchan tariflarni joriy etish 1 soat ichida bir yoʻnalishdagi transportdan boshqasiga oʻtkazishlar sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflardan foydalanishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, turidan qatʼi nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etiladi.
Shuningdek, yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar belgilanadi. Xususan, hududlarda naqd toʻlovlar boʻyicha tariflarni 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Yoʻl haqi toʻlanishini nazoratchilar guruhi nazorat qiladi.15-apreldan boshlab poytaxtda yoʻlovchi tashishni yalpi shartnomalar asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi joriy etila boshlaydi. Kelgusi yildan boshlab bu tizim boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Brutto-shartnomalar — yoʻlovchi tashishni tashkil etish modeli boʻlib, unda barcha tushumlar shahar byudjetining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi va shahar maʼmuriyati yoʻlovchi tashuvchiga yoʻnalishlar boʻyicha toʻlovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida oʻtkazib beradi.
Yangi tizimga oʻtish munosabati bilan tashuvchilar uchun har kuni yoʻl haqi yigʻish va tushumlarni vakolatli davlat organiga oʻtkazish boʻyicha maqsadli rejani belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling