Videodan kadr
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Jizzax shahridagi maktablarning birida 3 nafar oʻquvchini sinfdosh qizning otasi kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.
Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga koʻra, holat Jizzax shahridagi 11-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida roʻy bergan.
Jabrlangan oʻquvchining onasi holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shu asosida oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi oʻquvchiga sogʻligining buzilishiga olib kelgan tan jarohati yetkazilganligini tasdiqlagan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.M.ga nisbatan JKning 109- moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling