Termiz shahrida 30 ta yangi “Zongtong” rusumli avtobus qatnovga chiqarildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Avtobuslar “Universal elektrotexnik servis” MChJ tomonidan xarid qilingan bo‘lib, shahar jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanadi:
- ShI-1 — Temir yo‘l vokzali — Pattakesar mahallasi;
- ShI-5 — Istiqlol maydoni — “Taxta” bozori — Manguzar masjidi — Temir yo‘l vokzali — Istiqlol maydoni.
Avtobuslarni qatnovga chiqarish tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. U yangi transport vositalari aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidladi.
30 ta avtobus O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirildi.