Timur Ismailov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

U bunga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Timur Ismailov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Tayinlov prezidentning tegishli qarori bilan amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Ismailov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Yangi rahbarga jamoat xavfsizligini ta‘minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini takomillashtirish vazifalari yuklatildi.

Shuningdek, tizimni raqamlashtirish, ichki ishlar organlarining boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish hamda jamoat tartibini saqlashning zamonaviy usullarini keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling