Navoiyda avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatining Tomdi tumani, “Tomdibuloq” OFY hududidan o‘tgan yo‘lda 17-yanvar kuni soat 07:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

ZHONG TONG BUS rusumli avtobus haydovchisi Navoiy-Zarafshon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. 

Natijada yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lni qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida ikki nafar jabrlangan fuqaro Zarafshon shahar tibbiyot bo‘limiga yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling