O‘zbekistonning oltita viloyatida 24–27-fevral kunlari qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bunga ushbu kunlarda kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. 24–25-fevral kunlari:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).
Namangan viloyati: Pop tumani.
26-27-fevral kunlari esa:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida.
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida.
Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida.
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida.
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).
Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.