Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 17-mart kuni Toshkent shahrining to‘rtta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) - “Yalang‘och” MFY Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasi (soat 11:00 dan 13:00 gacha) - “Mevazor” MFY Quva ko‘chasi;
  • Olmazor tumani (11:00 dan 13:00 gacha) - “Chustiy” MFY;
  • Uchtepa tumani (11:00 dan 13:00gacha) - O‘rikzor TXAY ko‘chasi;
  • Yangihayot tumani (11:00 dan 13:00 gacha) - Ho‘ja Uchqun ko‘chasi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling