Andijon, Toshkent, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida 2024-yili korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazilgan. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, korrupsiyaga oid jinoyatlar soni Andijon, Namangan Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ortgan.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, tijorat banklari hamda bandlik tizimi xodimlariga to‘g‘ri keladi.
Adliya vazirligi tomonidan 2024 yilda 2 mingdan ortiq loyihalarning 222 tasida yoki 11 foizida 337 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.
Korrupsiyaviy omillarning aksariyati Iqtisodiyot va moliya, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Qishloq xo‘jaligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan.