Toshkent viloyatida 16-iyuldan boshlab barcha davlat, nodavlat va idoraviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli qaror Toshkent viloyati hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilingan va barcha tuman hamda shahar hokimliklariga topshiriq berilgan.
Bog‘chalar faoliyati ob-havo me‘yoriy holatga kelgach, viloyat hokimligining qo‘shimcha qarori asosida qayta tiklanadi.