Samarqandda qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekoqo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Toyloq tumanida o‘tkazilgan reydda “Go‘lba” MFYda yashovchi fuqaro F. J. ‘Darg‘om‘ kanalidan Volvo ekskavatori hamda KamAZ yuk mashinasida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jarima hamda 158,1 mln so‘m tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilindi.
Transport vositalari esa vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi.