18-avgustdan Toshkent shahrida 79-sonli “TTZ AShB — Beruniy metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Avtobuslar TTZ AShB bekatidan Yuzrabot, Feruza, Mirzo Ulug‘bek, Shoximardon Mo‘minov, Ziyolilar, Kichik halqa avtomobil yo‘li va Farobiy ko‘chalari orqali Beruniy metrosigacha harakatlanadi.
Yo‘nalish har kuni soat 05:30 dan 23:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘nalishda yo‘lovchi tashish xizmati “Ideal Auto Service” kompaniyasiga biriktirilgan. Unga 8 ta yangi o‘rta sig‘imli Yutong avtobusi chiqarilgan.