Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rinish masofasi 700 m) tufayli samolyotlarning qo‘nishi va jo‘nab ketishiga ba‘zi cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Centrum Air aviakompaniyasining Seul - Toshkent yo‘nalishidagi C6550 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda - Toshkent yo‘nalishidagi 9S3304 reyslari ham Samarqanddagi aerodromga yo‘naltirilgan.
Bunga ekipajning toifasi o‘rnatilgan cheklovlarga mos kelmaganligi sabab bo‘lgan.