Xalqaro qidiruvda bo‘lgan olti nafar shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ular odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Gumonlanuvchilar Anqara Interpol Milliy Markaziy Byurosi va Turkiya Jandarmeriyasi xodimlari kuzatuvida olib kelindi.
Olti nafar shaxslarning barchasi keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston tomoniga topshirildi.