Ohangaron suv omboriga 28-iyul kuni 19 yoshli D.P., 16 yoshli D.A. va 19 yoshli N.E. lar cho‘milish maqsadida borgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz‘ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ular suv ombori qirg‘oq qismida cho‘milayotgan vaqtida D.P. va N.E. lar suvdan qaytib chiqmasdan, cho‘kib, bedarak yo‘qolgan.
Fuqaro D.A. esa qutqarib qolingan.
Holat yuzasidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida 28-iyul kuni soat 20:00 larda suvga cho‘kib bedarak yo‘qolgan fuqaro D.P.ning murdasi topilgan. Shuningdek, 29-iyul kuni soat 08:50 larda fuqaro N.E.ning ham murdasi topilgan.
Ularning suvga cho‘kib vafot etganligi holati yuzasidan o‘lim sabablarini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.