6-7-iyun kunlari respublika hududiga nisbatan salqin va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
6-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 7-iyunda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. 6-iyunda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 7-iyunda markaziy va sharqiy viloyatlarda harorat 28-33 darajagacha, yomg‘ir paytida 25-27 darajagacha pasayadi.
8-iyunda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 5-6-iyunda ayrim joylarda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 6-iyunda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33 daraja atrofida bo‘ladi.
7-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 27-29 darada bo‘ladi. 8-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.