8-mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda va Navoiy viloyati cho‘l hududining ba‘zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja atrofida bo‘ladi.
9-martda respublika hududiga yana nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha (shimoliy hududlardan tashqari) ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Navoiy viloyati cho‘l hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 7-mart kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
8-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
9-martda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.