Ish haftasi davomida havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi

Tog‘ oldi va tog‘li hududlar 16-18 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Harorat asosan kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. 

18-20-fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo 20-25 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 23-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlar 16-18 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 16-fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 17-19 daraja iliq bo‘ladi

17-fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

18-20-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-25 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling