Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi

Arizalar 27-iyul kuni soat 15:00 dan foydalanilmay qolgan subsidiyalar limiti hisobidan qabul qilinadi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha uy-joy subsidiyasini olish uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma‘lum qildi.

Arizalar avval taqdim etilgan subsidiya xabarnomalarining foydalanilmay qolgan qismi hisobidan ajratilgan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida qabul qilinadi.

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholashda kamida 30 ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika hududida mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmasligi, o‘rtacha oylik daromadi esa belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishi lozim.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling