Moskva havo hududining yopilishi sabab bir qator reyslar zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi

Ushbu reyslar ro‘yxati eʼlon qilindi

Moskva shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan quyidagi Uzbekistan Airways reyslari zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu reyslar:

  • HY9619 — Namangan – Moskva (Vnukovo): Ufa shahridagi zaxira aeroportida
  • HY9671 — Toshkent – Nijniy Novgorod: Ufa shahridagi zaxira aeroportida
  • HY613 — Toshkent – Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
  • HY9627 — Farg‘ona – Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
  • HY601 — Toshkent – Moskva (Domodedovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
  • HY605 — Samarqand – Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling