2022-yilda O‘zbekiston hukumati tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Repost.uz yil davomida vazirliklar rahbariyatidagi o‘zgarishlarni bir sahifaga jamladi.
Energetika vazirligi
Foto: Telegram
Alisher Sultanov 2022-yil 7-aprelda salomatligi tufayli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.
Foto: Telegram
2022-yil 29-sentyabrda Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Joʻrabek Mirzamahmudov Oʻzbekiston Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Adliya vazirligi
Foto: Open source
Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Foto: Telegram
2022-yil 16-noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga Akbar Toshqulov nomzodi maʼqullandi.
Shundan soʻng Prezidentning tegishli farmoni bilan Akbar Toshqulov Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Tashqi ishlar vazirligi
Foto: Open source
Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan Vladimir Norov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
Xalq ta'limi vazirligi
Foto: Open source
Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Moliya vazirligi
Foto: Sputnik
Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan Timur Ishmetov Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Foto: Telegram
Abduqodir Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimidan ozod etildi.
Yil yakunida esa Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan:
- Achilbay Ramatov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
-
Jamshid Kuchkarov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
-
Jamshid Xojayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
-
Zulayxo Maxkamova Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
-
Sherzod Qudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
-
Laziz Qudratov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
-
Bobir Islamov Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
-
Botir Zokirov Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga;
-
Bexzod Musayev Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
-
Ibroxim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
-
Xilola Umarova Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga;
-
Aziz Abduxakimov Oʻzbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
- Adxam Ikromov Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
-
Sherzod Shermatov Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
-
Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
-
Joʻrabek Mirzamahmudov Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga;
-
Amrillo Inoyatov Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.