Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Vodiydagi gaz zapravkalar ikki kun gazdan uziladi

Isteʼmolchilar uchun benzinning sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.

Farg‘ona vodiysida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentyabr soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda taʼmirlash ishlari vaqtida (5–6-sentyabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi AGTKSH hamda yirik isteʼmolchilarning gaz taʼminotiga vaqtincha cheklov kiritiladi. 

Shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari isteʼmolchilari uchun benzinning sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling