2022-yilda O'zbekistonda qaysi hokimlar ishdan ketdi, qaysilari keldi?

Ushbu materialda yil davomida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan yoki boshqa ishga o'tgan hokimlar haqida bilib olishingiz mumkin

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

2022-yilda O‘zbekistonda hokimliklar tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Repost.uz yil davomida hokimliklar rahbariyatidagi o‘zgarishlarni bir sahifaga jamladi.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

  •  Xurram Jo'rayev Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumani hokimi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Chiroqchi tumani hokimi lavozimidan ozod etildi;
  • Nodir Erkayev  Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi va shu munosabat bilan viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yoʻl qoʻygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Asaka tumani hokimi M.Alixonov va Fargʻona tumani hokimi Sh.Muminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi;
  • Rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygani uchun Paxtaobod tumani hokimi E.Usmonov, Nurobod tumani hokimi Sh.Yuldashev egallab turgan lavozimidan ozod etildi;
  • Davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, oʻtkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yoʻl qoʻygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi;
  • Gʻofurjon Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi;
  • Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlangani munosabati bilan Farxod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi;
  • Toʻra Bobolov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi;
  • Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling